Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi. O‘lim sababi ma’lum qilinmadi.

Xayrulloh Turmatov 1976 yil 16 avgustda Angren shahrida tug‘ilgan. Toshkent Islom institutini (2001) va Toshkent viloyat pedagogika institutini (2003) tamomlagan. Turli yillarda u «Chetsuv» (1994−2003), «Qorabog‘» masjidlarida imom-xatib va shu bilan birga, Angren shahrida bosh imom-xatib (2003−2014) bo‘lib ishlagan. 2014 yildan buyon Zangiota masjidi imom-xatibi va Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.

2 sentyabr kuni u Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanidagi «Iyk ota» ziyoratgohining ochilishida ishtirok etgan edi.