Ibragimov Abu-Bakir Abdinaimovich Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumani hokimi etib tayinlandi, deya xabar berdi O‘zA.

Abu-Bakir Ibragimov shu kunga qadar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Ungacha Qoraqalpog‘iston Davlat soliq boshqarmasi yuridik shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi boshlig‘i, Nukus shahri hokimining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston boshqarmasi boshlig‘i kabi mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Qonliko‘l tumanining oldingi hokimi Daulet Tolibayev koronavirus oqibatida olamdan o‘tgan edi.