Abdullayev Abdurasul Ne’matovich Toshkent viloyatining Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi, deya xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.

Bunga qadar, u Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — «O‘zbekchorvanasl» agentligi bosh direktori vazifasida faoliyat yuritgan.

Abdurasul Abdullayev 1968 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida bank tizimida bir qator vazifalarda ishlagan.

U ushbu lavozimda tumanni 2019 yil iyun oyidan beri boshqarib kelayotgan Abduvohid Turdiboyev o‘rnini egalladi.