Qurbanmurat Xolmuratovich Taparov moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Prezident 15 sentyabr kuni bu haqdaga farmonni imzoladi, deya xabar berdi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Qurbanmurat Taparov (1978 yilda tug‘ilgan) Qarshi davlat universiteti (1999 yil), Bank-moliya akademiyasi (2004) va Ritsumeykan universitetini (Yaponiya, 2012) tamomlagan.

U o‘z faoliyatini 1999 yilda Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasining 1-toifali iqtisodchisi lavozimida boshlagan. 2003 yilda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobi jamg‘armasining Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy yetakchi inspektori sifatida, keyinachalik, ushbu boshqarmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning tuzilishi va ijro etilishi ustidan nazorat olib borish bo‘limi bosh iqtisodchisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2017−2018 yillarda — Moliya vazirligi Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va keyinchalik boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar, Qurbonmurat Taparov Prezident Administratsiyasi hokimiyat vakillik organlari va siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.