Rossiyaning Samara viloyati va Yekaterinburg shahridan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun temir yo‘l reyslari tashkil etildi, deb xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Rossiya va Qozog‘iston bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 12 sentyabr kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» poyezdi «Kinel» stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nab ketdi va 15 sentyabr kuni 834 nafar fuqaro bilan Samarqandga yetib keldi.

Yekaterinburgdan yo‘l olgan poyezd esa seshanba kuni Toshkentga yetib keldi. Ushbu reys orqali 847 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi.


Foto: Transport vazirligi.

Ushbu reyslardagi barcha fuqarolar avtobuslar orqali Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi karantin zonalariga olib ketildi.