15 sentyabr kuni O‘zbekistonda 570 holatda koronavirus qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. Bir kun muqaddam — 14 sentyabrda bu ko‘rsatkich 572 tani tashkil etgan edi.

️Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Xorazm, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida 532 nafar bemor tuzaldi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 48 565 nafar bemordan 45 058 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 104 nafar bemordan 483 nafari og‘ir, 245 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.