Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda turli xil kotletlar va ular uchun garnirlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Pomidor va pishloqli kotletlar


Kotletlarni pomidor va pishloq bilan pishirib, taomnomangizga xilma-xillik kiriting. Ushbu taom juda mazali va to‘yimli bo‘lib, uni istagan garnir bilan dasturxonga tortsa bo‘ladi.

Kiyevcha kotletlar


Sersuv va mazali kiyevcha kotletlar, oddiy kotletdan qiymadan emas, savalangan tovuq filesidan tayyorlanganligi bilan ajralib turadi. Uni tayyorlash oson bo‘lib, sizdan ko‘p vaqt talab qilmaydi.

Baliqli kotletlar

Baliq go‘shtidan tayyorlangan kotletlar juda mazali bo‘lib, shu bilan birga ular juda parhezbop taom hamdir.

Kartoshkali kotletlar


Kartoshkali kotletlar — juda ajoyib ko‘rinishdagi yegulik bo‘lib, ularni asosiy taom sifatida ham, taomga qo‘shimcha garnir sifatida ham tortish mumkin. Bunday kotletlarga juda oddiy masalliqlar sarflanilsa ham, ta’mi esa juda mazalidir.

Kotletlar


Mol go‘shtidan tayyorlanilgan kotletlar, ko‘pchilikning sevimli taomi sanaladi. Kotletlarni tayyorlash unchalik ham qiyin emas, faqatgina qiyma, bir-necha sabzavotlar va eng asosiysi mehr bilan pishirish.

Garnir

Turkcha usulda pishirilgan makaronli guruch


Bunday yegulikni go‘shtli taomlar, kotletlar yoki shunchaki qaylaning o‘zi bilan ham birga tortish mumkin.

Go‘shtli taomlar uchun iliq salat-garnir


Agarda siz garnirlarga rang-baranglik kiritmoqchi bo‘lsangiz, unda sabzavotlardan tayyorlaniladigan bu mazali salat juda qo‘l keladi.

Sabzavotlar bilan tovada pishirilgan guruch


Taomlarga qo‘shimcha guruchli gazaklar har doim bir xil bo‘lsa, darrov me’daga tegishi aniq. Shu sababli ham sizlarga sabzavotlar qo‘shib pishiriladigan guruchli taomning retseptini taklif qilamiz.

Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15