«Toshkent shaxar suv ta’minoti» korxonasi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 14 sentyabrdan boshlab Toshkent suv ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlash-profilaktika ishlari olib borilishi sabab sovuq suv o‘chirilishi va suv quvurlari tizimida bosimning kamayishi to‘g‘risida xabar qildi.

Ishlar Mirobod, Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Yashnobod, Yunusobod, Mirzo-Ulug‘bek, Sergeli va Yakkasaroy tumanlarida amalga oshiriladi. Ish jadvali haqida batafsilroq ma’lumotni bu yerda topishingiz mumkin.

Suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi yuk mashinalari yuboriladi.

Markaziy dispecherlik xizmati: 256−10−95, 252−55−78, 252−60−08.