8 sentyabr kuni O‘zbekistonda 443 ta koronavirus holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziligi matbuot xizmati xabar qildi. 7 sentyabr kuni bu ko‘rsatkich 312 tani tashkil etgan edi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

️Bugun Toshkent shahri, Toshkent, Buxoro, Andijon, Namangan hamda Surxondaryo viloyatlarida jami 304 nafar bemor sog‘aydi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 44 418 nafar bemordan 41 898 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 160 nafar bemordan 402 nafari og‘ir, 226 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.