7 sentyabr kuni koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rustam Ikromov AOKAda o‘tkazilgan brifingda koronavirusga test tahlillari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ikromovning qayd etishicha, hozirda kuniga 30 mingdan 40 mingtagacha laboratoriya test tahlili o‘tkazilmoqda. Shundan 200−300 tagacha holatda musbat natija aniqlanyapti.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov 14 iyul kuni «pandemiya boshida bir kunda 3 ming test olgan bo‘lsak, bugun kuniga 22−24 minggacha PZR test qilinyapti», deya ta’kidlagandi.