Yaqin ikki kun davomida O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududidan salqin havo oqimi kirib kelishi natijasida kunduzgi harorat 4−6 darajaga pasayib, 26−28 daraja issiqni tashkil qiladi. Havo haftaning ikkinchi yarmidagina isiy boshlaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Respublika hududida kechasi harorat 12−17 daraja, 8−9 sentyabrda kunduzi 25−30 daraja, 10−12 sentyabrda 27−32 darajani tashkil qiladi.

Bunday haroratlar oyning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yordan 3−6 darajaga pastdir, deya ta’kidlashdi sinoptiklar.