6 sentyabr kuni o‘n yetti karra «Katta dubulg‘a» (Grand Slam) chempioni va dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Djokovich nomaqbul harakat qilgani sababli AQSHning tennis bo‘yicha Ochiq chempionatidan (US Open) chetlatildi. Bu haqda US Open chempionatining rasmiy saytida xabar berildi.

Bunga Novak Djokovich Pablo Karreno Bustaga qarshi uchrashuvda birinchi setni yutqazgandan so‘ng, u tasodifan chiziq hakamiga qarata tennis to‘pini urib yuborgani sabab bo‘ldi. To‘p hakamning tomog‘iga urilib, ayol yiqilib yo‘tala boshladi. Tennischi darhol hakamdan kechirim so‘radi va uni ko‘tarishga yordam berdi.

«Katta dubulg‘a» qoidalariga binoan, uning (Novak Djokovichning — tahr.) maydon ichida to‘pni qasddan xavfli yoki beparvolik bilan urish yoki oqibatlarni o‘ylamay to‘pni urgani sababli US Open turniri hakami Novak Djokovichni 2020 yilgi mazkur chempionat musobaqasidan chetlatish qarorini qabul qildi. Chetlatilganligi sababli, Djokovich AQSH Ochiq chempionatida (US Open) qo‘lga kiritgan barcha reyting ochkolarini yo‘qotadi va turnirda qo‘lga kiritilgan mukofot puli hamda huquqbuzarlik hodisasi uchun qo‘shimcha ravishda jarima solinadi", — deyiladi xabarda.

Ushbu voqeadan so‘ng serbiyalik tennischi o‘zining rasmiy Instragram sahifasida post joyladi. Unda Novak Djokovich ushbu voqea uchun hakamdan va chempionat ma’muriyatidan yana bir bor ommaviy ravishda kechirim so‘radi.

«Bu holat meni xafa qildi va ko‘nglimni xira qildi. Tashkilotchilar menga hakamning holati yaxshi ekanligini aytishdi. Uning bunday stressni boshdan kechirganidan juda afsusdaman. Bu qasddan emas edi», — deya ta’kidladi dunyoning birinchi tennischisi.







View this post on Instagram









This whole situation has left me really sad and empty. I checked on the lines person and the tournament told me that thank God she is feeling ok. I‘m extremely sorry to have caused her such stress. So unintended. So wrong. I’m not disclosing her name to respect her privacy. As for the disqualification, I need to go back within and work on my disappointment and turn this all into a lesson for my growth and evolution as a player and human being. I apologize to the @usopen tournament and everyone associated for my behavior. I’m very grateful to my team and family for being my rock support, and my fans for always being there with me. Thank you and I’m so sorry. Cela ova situacija me čini zaista tužnim i praznim. Proverio sam kako se oseća linijski sudija, i prema informacijama koje sam dobio, oseća se dobro, hvala Bogu. Njeno ime ne mogu da otkrijem zbog očuvanja njene privatnosti. Jako mi je žao što sam joj naneo takav stres. Nije bilo namerno. Bilo je pogrešno. Želim da ovo neprijatno iskustvo, diskvalifikaciju sa turnira, pretvorim u važnu životnu lekciju, kako bih nastavio da rastem i razvijam se kao čovek, ali i teniser. Izvinjavam se organizatorima US Opena. Veoma sam zahvalan svom timu i porodici što mi pružaju snažnu podršku, kao i mojim navijačima jer su uvek uz mene. Hvala vam i žao mi je. Bio je ovo težak dan za sve.

A post shared by Novak Djokovic (@djokernole) on