6 sentyabr kuni O‘zbekistonning 7 ta hududida 293 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Qashqadaryo, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo hamda Namangan viloyatlarida jami 397 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 43 663 nafar bemordan 41 277 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 038 nafar bemordan 375 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.