Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda turli xil bulochkalar retseptlarini taqdim etadi.

«Sarimsoqpiyozli tuguncha» bulochkalari


Yumshoq, nihoyatda xushbo‘y va mazali bo‘lmish sarimsoq piyozli bulochkalarni endilikda taomlar bilan birga tortishingiz mumkin.

Beygl — isroilcha pishiriq

Beygllar bu isroilcha bulochkasimon pishiriq bo‘lib, nonushtalarini xilma-xil qilishni xohlovchilarga juda qo‘l keladi.

Yurakchasimon bulochkalar


Yurakchasimon bulochkalar juda yumshoq bo‘lib, ta’mi ham juda yoqimlidir. Ularni tayyorlash juda oson bo‘lib, unchalik ko‘p masalliqni ham talab qilmaydi.

Tvorogli bulochkalar


Tvorogli bulochkalar — ajoyib ko‘rinishga ega, uyda tayyorlash mumkin bo‘lgan eng mazali pishiriqlardan biri bo‘lib, tayyorlash jarayoni umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Yeryong‘oqli bulochkalar


Nafis ta’m va xushbo‘y isga ega yeryong‘oqli bulochkalardan siz ham pishirib ko‘ring va oila a’zolaringizni bir dasturxon atrofiga jamlang.

Jemli bulochkalar


Ko‘pchilikka jemli yumshoqina bulochkalar bolaligini eslatib yuborsa ajab emas. Bunday bulochkalarni xohlagan jem yoki murabbola bilan tayyorlash mumkin.

Pishloq va ko‘kat solib pishirilgan bulochkalar


Pishloq va ko‘katli bulochkalarni tayyorlashda faqatgina bitta muammoga duchor kelasiz, u ham bo‘lsa ular pishgandan so‘ng bir pastda tugab qolishidir.

Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15