30 avgustda 57 yoshida taniqli teatr va kino aktyori, O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov vafot etgan edi. So‘nggi haftalarda u koronavirusdan davolanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni mamlakat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda aktyorning vafoti haqida fikr bildirdi.

«Men o‘zim ham juda qattiq harakat qildim. Ming afsus, uni asrab qololmadik. Mana shu voqealardan keyin kechasi hech ko‘zim yumilmadikki, nima uchun asrab qololmadik, deb», dedi prezident (video).

Davlat rahbari yana koronavirus infeksiyasining «juda katta ayyor dushman» ekanligiga ishora qildi va fuqarolarni sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.