Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda OTMlarda an’anaviy ta’lim shaklini o‘quv yilining ikkinchi semestridan boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda OO‘MTV matbuot kotibi Farhod Babashev Sevimli TV telekanaliga bergan intervsida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 16 mart kuni ta’lim muassasalarida karantin e’lon qilinganidan beri 80 mingdan ortiq talabalar Toshkentdan viloyatlarga uylariga jo‘natildi. Universitetlarga kirish parametrlarining oshishi va birinchi kurs talabalarini hisobga olgan holda, poytaxtga 100 mingdan ortiq talabalarning kelishi kutilmoqda, bu epidemiologik vaziyatga ta’sir qilishi mumkin.

«Albatta, an’anaviy ta’lim shakli sifat va samaradorligi bilan ajralib turadi. Ammo biz universitetlarni yetarli moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlashimiz va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishimiz kerak», — dedi vazirlik vakili.

Eslatib o‘tamiz, 2020/2021 o‘quv yili 2 sentyabrdan masofaviy shaklda boshlandi. Farxod Babashevning aytishicha, birinchi kurs talabalari bir oydan so‘ng — 2 oktyabr kuni o‘qishni boshlaydilar.

Hozirda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari davom etmoqda. Magistraturaga imtihonlar 8−20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.