Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti AQSH va boshqa rivojlangan davlatlar sababli xalqaro SOVAX ommaviy emlash mexanizmi keyinga qoldirilishini ta’kidladi. Bu haqda Financial Times ma’lumot berdi.

JSSTning yirik donorlari (AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya) belgilangan vaqt davomida ushbu dasturga qo‘shilish o‘rniga xalqaro korporatsiyalar bilan vaksinalarni yetkazib berish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolashni ma’qul ko‘rishdi.

Oqibatda, bu davlatlarning SOVAX dasturiga qo‘shilish muddati uch haftaga, ya’ni 31 avgustdan 18 sentyabrgacha uzaytirildi. Ishtirokchi-davlatlar birinchi to‘lovni amalga oshirish sanasi esa 9 oktyabrdan boshlanadi.

Xalqaro dastur yordamida JSST 2021 yil oxiriga qadar butun dunyo bo‘ylab 2 milliard doza vaksinani tarqatishni rejalashtirgan.

Mablag‘ yetishmovchiligi paydo bo‘lsa, qashshoq davlatlar kerakli miqdordagi vaksinalarni ololmasligi mumkin. Bunday holatni JSST «emlash millatchiligi» deb ta’rifladi.

Avvalroq JSST raisi Tedros Gebreyesus koronavirus pandemiyasining kuchayishiga millatchilik sabab bo‘lganligini ta’kidlagan edi.