1 sentyabr kuni soat 01:00 da noma’lum shaxs Bo‘ston tumani Guzar MFY A.Navoiy ko‘chasida yashovchi 46 yoshli D.X. ga tegishli bo‘lgan va uning yashash xonadoni darvozasi yonida turgan Nexia rusumli avtomashinasini olib qochib ketgan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergvo departamenti matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ston tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Shu kuni soat 10:00 da olib qochilgan transport vositasi YTH sodir qilgan holatda Bo‘ston tumani Navro‘z MFY Nurafshon ko‘chasi o‘ramidan oqib o‘tgan Navro‘z arig‘idan topilgan.


Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, mazkur jinoyatni 24 yoshli O.X., sodir etganligi aniqlanib, u jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.