Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Oybek Xodjayev Otanazarovich vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. Bosh prokuratura marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.

O‘zAning xabar berishicha, marhum Oybek Xodjayevda koronavirus infeksiyasi aniqlanib, ma’lum vaqtdan buyon davolanayotgan edi.

Kun.uz prokurorning janozasi 2 sentyabr kuni u tug‘ilib o‘sgan Xorazm viloyati Yangiariq tumanida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Oybek Xo‘jayev (1976 yilda tug‘ilgan) 2018 yil noyabr oyidan buyon Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgan edi.