Davlat soliq qo‘mitasi 2020 yil sentyabr oyi davomida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan soliq to‘lovlarni e’lon qildi.

5 sentyabr*

  • banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha foyda solig‘ini byudjetga o‘tkazishning oxirgi kuni (SKning 355-moddasi ikkinchi qismi);
  • avgust oyida natura holida (qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) to‘langan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va SHJBPHga (shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqi) majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni (SKning 390-moddasi ikkinchi qismi);
  • pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 12-moddasi «b» bandiga muvofiq pensiyalarni to‘lashga ketgan xarajatlar haqida ma’lumotni taqdim etishning oxirgi kuni.

10 sentyabr

Avgust oyi uchun:

  • Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishning oxirgi kuni (SKning 133-moddasi o‘n ikkinchi qismi);
  • Aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni (SKning 292-moddasi birinchi qismi, SKning 293-moddasi birinchi qismi);
  • Aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida bo‘nak to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni (SKning 417-moddasi oltinchi qismi);
  • Aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni (SKning 432-moddasi birinchi qismi).

III chorak uchun:

  • aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida bo‘nak to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni (SKning 417-moddasi oltinchi qismi).

15 sentyabr

Avgust oyi uchun:

  • hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni (SKning 389-moddasi birinchi qismi, 407-moddasi to‘rtinchi va beshinchi qismlari);
  • mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalari bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi hisobda turgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga yetkazishning oxirgi kuni.

20 sentyabr*

Avgust oyi uchun:

  • QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni (SKning 273-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari);
  • agar avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni (SKning 345-moddasi beshinchi qismi);
  • norezidentlarning daromadlaridan olinadigan foyda solig‘i summalari bo‘yicha soliq hisoboti soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni (SKning 355-moddasi birinchi qismi);
  • soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni (SKning 448-moddasi uchinchi qismi);
  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni (SKning 454-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlari);

III chorak uchun:

  • soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni (SKning 448-moddasi uchinchi qismi).

23 sentyabr

III chorak uchun:

  • jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda besh milliard so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni (SKning 340-moddasi ikkinchi qismi).

* Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.