Respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga kirish imtihonlari 8−20 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

2020/2021 o‘quv yili qabulida imtihonlar test sinovi tarzida kompyuterda onlayn olinadigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 2020/2021 o‘quv yilining magistratura bosqichiga respublika bo‘yicha jami 10425 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan. Shundan 5475 nafari grant, 4950 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarning alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari 2 sentyabr kunidan boshlandi.