Rossiyada epidemiya boshlanganidan beri 1 005 000 dan ortiq COVID-19 dan kasallanganlar ro‘yxatga olingan. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni esa 17 414 nafarga yetgan, deya xabar berdi RBK.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga qaraganda, hozirda dunyoda COVID-19 bo‘yicha ro‘yxatga olingan holatlar soni 25,7 mln dan oshgan. Shulardan 17 mln dan ortiq dunyo aholisi kasallikdan tuzalgan. Eng ko‘p kasallik aniqlangan mamlakatlar hamon AQSH (6,07 mln dan ortiq), Braziliya (3,95 mln) va Hindiston (3,77 mln) bo‘lib kelmoqda. Dunyo miqyosida COVID-19 dan vafot etganlar soni 857 mingga yetgan.

Qozog‘istonda esa shu paytga kelib koronavirus yuqtirganlar soni 105 944 ga yetgan. Shuningdek, Qirg‘izistonda ushbu ko‘rsatkich 44036, Tojikistonda 8619 ni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2 sentyabr kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42370 nafarni tashkil etmoqda.