Qashqadaryo viloyatida avtomobilsiz kun doirasida viloyat, shahar va tuman hokimlari, hamda sektor rahbarlari o‘rtasida velopoyga uyushtirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

3 kilometrlik final chizig‘iga birinchi bo‘lib viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va Kitob tumani hokimi Alisher Zokirovlar yetib kelishdi.


Chapdan o‘ngga: Qamashi tumani hokimi Sherali Sanayev, Muborak tumani hokimi Ulug‘bek Ernazarov va Shahrisabz tumani hokimi Samad Xasanov.


Nishon tumani hokimi Muxtor Xaitmurodov (chapdan birinchi), Koson tumani hokimi Asrol Boyqaroyev (markazda), Qamashi tumani hokimi Sherali Sanayev (chapdan birinchi, ikkin qatorda), Shahrisabz tumani hokimi Samad Xasanov va Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov.


G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov.