Taniqli teatr va kino aktyori, O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Fatxulla Ma’sudov 1963 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1980−1984 yillarda Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti talabasi. 1985−1986 yillarda xizmat qilgan.

1986−1988 yillarda O‘zbek davlat akademik drama teatri rejissyor yordamchisi, 1988 yildan esa aktyor sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2015 yildan O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlaydi.

1999 yili «Shuxrat» medaliga sazovor bo‘lgan. 2003 yili «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» unvoni bilan mukofotlangan. 2014 yili «Mexnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.

2001 yili «Usmon Nosir» spektaklidagi Usmon Nosir roli uchun «Yilning eng yaxshi erkak roli» nominatsiyasiga savozor bo‘ldi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Fatxulla Ma’sudov koronavirusdan davolanayotgan edi.