30 avgust kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41303 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 87 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Buxoro viloyatida, yana 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida, 2 nafari Qoraqalpog‘istonda hamda yana 2 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 2 633 kishi davolanmoqda. Ulardan 276 nafari og‘ir, 138 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda kasallik qayd etilgan jami 40 953 nafar bemordan 38 359 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 84 yoshli I.A. (ayol) hamda Yangiyo‘l tumanida yashagan 47 yoshli B.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.