29 avgust kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40953 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 88 nafari Toshkent viloyatida, 30 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Buxoro viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 2 701 kishi davolanmoqda. Ulardan 301 nafari og‘ir, 131 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda kasallik qayd etilgan jami 40 953 nafar bemordan 37 947 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 72 yoshli N.Sh. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli E.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.