1 oktyabr kunidan boshlab O‘zbekistonda mobil telefon raqamini o‘zgarishsiz boshqa kompaniyaga o‘tkazish mumkin bo‘ladi, deya xabar berdi Adliya vazirligining matbuot xizmati.

Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi asosida abonentga ajratilgan abonent raqamini boshqa mobil aloqa operatori bilan yangi shartnoma tuzishda saqlash va undan foydalanish mumkin.

«Masalan, agar siz UzMobile abonenti bo‘lsangiz, telefon raqamingizni o‘zgarishlarsiz aynan shu ko‘rinishda (kodi bilan birga) Beeline abonenti sifatida rasmiylashtirishingiz mumkin. Buning uchun mobil aloqa kompaniyasi bilan tegishli shartnoma tuziladi», — deyiladi xabarda.

Ushbu amaliyotni tatbiq etadigan hujjat 1 oktyabrdan kuchga kiradi.