28 avgust kuni O‘zbekistonda 376 holatda kasallik qayd etilgan, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida jami 747 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 40 823 nafar bemordan 37 947 nafari sog‘aydi. Ta’kidlash joizki, shifokorlarimizning fidokorona mehnati tufayli pandemiya davrida birinchi marta yurtimizda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizgacha ko‘tarildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2573 nafar bemordan 301 nafari og‘ir, 131 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.