TikTok bosh direktori Kevin Mayer kompaniyada to‘rt oylik faoliyatidan so‘ng kompaniyani tark etdi, deya xabar berdi Financial Times, Mayerning kompaniya xodimlariga yozgan maktubiga asoslanib.

Bunga asosiy sabab etib AQSH rasmiylari bilan yuzaga kelgan ziddiyat va sotish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar ko‘rsatilmoqda. Bosh direktor lavozimini vaqtincha shu paytgacha bosh menedjer lavozimida ishlab kelayotgan Vanessa Pappas egallaydi.

Mayer TikTok ga may oyida kelgan. Ungacha u Disney da video oqim bo‘limiga rahbarlik qilayotgan edi. U Disney da 25 yil ishlagan. Undan tashqari Mayer Disney+, ESPN+ va Hulu kompaniyalarida faoliyat olib borgan.

«Biz so‘nggi bir necha oy davomidagi siyosiy dinamika Kevinning roli ko‘lamini sezilarli darajada o‘zgartirganini tushunamiz va biz uning qarorini to‘liq hurmat qilamiz», — dedi TikTok vakili The Verge nashriga.