26 avgust kuni O‘zbekistonda 390 ta koronavirus holati aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Surxondaryo hamda Andijon viloyatlarida jami 579 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 40 054 nafar bemordan 36 562 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 91 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 199 nafar bemordan 294 nafari og‘ir, 139 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.