Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar 3 kun ketma-ket dam olishadi, deya xabar qildi O‘zA.

2019 yil 14 noyabrdagi PF-5875-sonli Prezident Farmoniga binoan, 29 avgust — shanba dam olish kuni 31 avgust — dushanba ish kuniga ko‘chiriladi.

Qayd etilishicha, 29 avgust — shanba kuni, haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. 31 avgust — dushanba kuni esa, haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo‘ladi.

  • Shunday qilib, Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar quyidagi 3 kunda ketma-ket dam olishadi:

    30 avgust — yakshanba (dam olish kuni);

    31 avgust — dushanba (barcha uchun ko‘chirilgan dam olish kuni);

    1 sentyabr — seshanba (Mustaqillik bayrami).