Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 5, 6−11 va 12 yoshdan kichik bolalar uchun shaxsiy himoya vositalarini taqish bo‘yicha ko‘rsatmalarni e’lon qildi.

Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar niqob taqishlari shart emas. Ushbu tavsiya bolaning xavfsizligi va umumiy qiziqishiga, shuningdek minimal foyda bilan niqobni to‘g‘ri kiyish qobiliyatiga asoslanadi, deya ta’kidlaydi JSST.

6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar tomonidan niqobnining taqilishida quyidagi omillar e’tiborga olinishi kerak: bolaning yashash joyida infeksiyaning keng tarqalishi, niqoblarning yetarli bo‘lishi, niqob taqishning bola tarbiyasi va ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri, shuningdek, bolaning xavf ostida bo‘lgan odamlar bilan, ayniqsa keksalar va surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan insonlar bilan o‘zaro aloqasi.

JSST va YUNISEF mutaxassislari 12 va undan katta yoshdagi bolalarga niqob taqishni kattalar bilan bir xil sharoitda tavsiya qilishadi: taqishdan oldin qo‘llarini yuving yoki antiseptik bilan tozalang, faqat bog‘lovchalarni yoki quloqlarni ushlang va ularni burun ostidan tushirmang. Siz uni sumkada yoki idishda saqlashingiz kerak.

Nogiron bolalar muqobil ravishda yuz qalqonini kiyishlari mumkin, ammo bu ularni atrofidagi odamlardagi viruslardan samarali himoya qila olmaydi. Umuman olganda, JSST ta’kidlashicha, rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan yoki nogiron bo‘lgan bolalar uchun niqoblardan foydalanish majburiy bo‘lmasligi kerak. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, og‘ir kognitiv nuqsoni bo‘lgan yoki nafas olish tizimi kasalliklari bo‘lgan bolalardan niqob taqishlarini talab qilmaslik kerak.