Aliya Yunusova mart oyidan Bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsman sifatida ish boshladi. O‘tgan oylar davomida u ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalariga, shuningdek, Toshkent shahri, Qashqadaryo, Andijon, Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi jazoni o‘tash muassasalari hamda qamoqda saqlash joylariga tashrif buyurdi. Bolalar Ombudsmani bolalar, ushbu muassasalar rahbarlari va xodimlari bilan uchrashuvlar va yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazdi. Afsuski, tarbiyachilar voyaga yetmagan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgani to‘g‘risidagi dalillar keltirildi. Hozirgi vaqtda Ombudsman YUNISEF bilan hamkorlikda bolalarning ixtisoslashtirilgan muassasalari o‘smirlarining murojaatlari va shikoyatlari uchun «ishonch telefoni» xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda. Aliya Yunusova Nelli Karimova bilan suhbatda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tashrif taassurotlari

Har safar institutsional muassasaga kelganimda, bolalarning ko‘zlarida qalb nolasi, og‘riq va umidsizlikni ko‘raman. To‘g‘ri, davlat mehribonlik uylarida ularning farovon yashashlari uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda. Ammo hech bir tarbiyachi hech qachon mehribon ota-onalarning muhabbati va mehri o‘rnini bosa olmaydi.

Bolalarning o‘zining «shaxsiy hududi», shaxsiy aloqalari yo‘q. Ba’zan ular qo‘llab-quvvatlashga, hamdardlikka muhtoj bo‘lishadi. Ehtimol, ular shunchaki kim bilandir gaplashishni yoki maslahat olishni istashar. Bu narsaning yo‘qligi, ularni ezadi va shaxsiy fazilatlarining ochilish imkonidan mahrum qiladi. Odatda, bunday bolalarga ma’lum tamg‘a bosiladi.


Aliya Yunusovaning shaxsiy arxivifotosurati.

Bola oilada, mehribon insonlari qurshovida yashashi va alohida parvarishda o‘sishi kerak. Faqat shundagina u baxtli va barkamol (komil) inson bo‘lib ulg‘ayishi mumkin.

Shuning uchun fuqarolar, ommaviy axborot vositalari va nodavlat tashkilotlar deinstitutsionalizatsiya jarayoniga, yetimlikning oldini olish (profilaktikasi)ga befarq bo‘lmasliklari va bu jarayonda ishtirok etishlari, agar bolaning mehribonlik uyiga tushish ehtimoli bo‘lsa, davlat idoralariga notinch va og‘ir ahvoldagi oilalarni aniqlashda yordam berishlari juda muhimdir. Sabablar talaygina bo‘lishi mumkin va mutaxassislar bu vaziyatda bolaning manfaatlari qanchalik himoya qilinishini, oilaga yordam berishning imkoni bor-yo‘qligini o‘rganib, kerakli ishlarni amalga oshirishlari kerak. Balki vaziyatni ota-onalarni ish bilan ta’minlash orqali yaxshilash mumkindir.


Aliya Yunusovaning shaxsiy arxivi fotosurati.

Bolalarni o‘z oilalaridan ajratishning oldini qanday olish mumkin

O‘zbekistonda qabul qilingan dezinstitutsionizatsiya bo‘yicha harakatlar rejasi (Prezidentning PQ-4185-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 824-sonli qarori) oilalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini yaratish, bolalar va oilalarning ajralishini oldini olish uchun asosdir.

BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining tavsiyalariga ko‘ra, bugun ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha bolalarni bolalar institutsional muassasalariga joylashtirishning oldini olish va to‘xtatish bo‘yicha ish olib borish kerak. Bundan tashqari, jamiyatga bolani mehribonlik uyiga joylashtirishning nojoizligi, mehribonlik uyida taribiyalanishning psixologik rivojlanishdagi salbiy ta’sirini tushuntirish ustida ishlashimiz kerak.

Ayni paytda «Muruvvat uylar"ida 1900 ga yaqin imkoniyati cheklangan bolalar istiqomat qilishadi. Bolalarning ko‘pchiligi ularning oilalari qo‘llab-quvvatlanganida va inklyuziv ta’lim xizmatlari ko‘rsatilganida o‘z oilalari bilan birga bo‘lishlari mumkin edi.


Aliya Yunusovaning shaxsiy arxivi fotosurati.

Afsuski, uyda, ota-onalari yoki boshqa yaqin qarindoshlari bilan birga yashovchi va shu bilan hech qanday formatda ta’lim ololmayotgan imkoniyatlari cheklangan bolalarimiz yo‘q emas. Biroq, ular bola uchun muhim bo‘lgan oila qurshovidadirlar. Ehtimol, aynan mana shu holat deinstitutsionalizatsiya masalasini hal qilishda muhim omil bo‘lishi kerakdir.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini va barcha a’zolarining, ayniqsa bolalarning o‘sishi va farovonligi uchun tabiiy muhit sifatida jamiyat doirasida o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarishi uchun zaruriy himoya va yordam bilan ta’minlanishi kerakligi ta’kidlangan.

Ko‘p ota-onalar o‘z farzandlarini qarindoshlari, tanishlari qaramog‘ida qoldirib, mamlakatdan tashqariga chiqishgan. Mehribonlik uylariga joylashtirilgan bolalar ota-onalari kelib, ularni olib ketishlarini kutib yashaydilar. Bundan tashqari, nogiron bolalarni bolalar muassasalariga joylashtirishganidan so‘ng ota-onalar doim ham ulardan xabardor bo‘lishmaydi. Aslida, bu bolani tashlab ketish bilan barobardir. O‘ylaymanki, bolalik va oilani himoya qilishning zamonaviy tizimini yaratish kerak. Va asosiy tamoyil bola va oilaning ajralishi emas, balki ularning birлиги bo‘lishi kerak.

Bola rivojlanishi uchun tabiiy muhit sifatida qaralishi kerak bo‘lgan oilani qo‘llab-quvvatlash sohasidagi asosiy maqsad — bu iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’muriy choralar orqali bolaning oilada, oilaviy muhitda yashash va voyaga yetish huquqini ta’minlashdir. Bolaли oilalar qo‘llab-quvvatlanishi kerak.

Bola huquqlari deklaratsiyasining 6-tamoyilida bola o‘z shaxsiyatining to‘liq va barkamol rivojlanishida mehr va uni tushunishlariga muhtoj deyilgan. Bola imkon boricha ota-onasining mas’uliyati ostida, ularning qaramog‘ida, har qanday holatda ham mehr bilan ma’naviy va moddiy ta’minotda o‘sishi kerak. Yosh bola vaziyatlar taqozo qilgan alohida holatlardan tashqari onasidan ajralmasligi kerak. Jamiyat va hukumat organlari zimmasida oilasiz va yetarlicha yashash imkoniga ega bo‘lmagan bolalarga alohida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati bo‘lishi kerak. Katta oilalarga davlat tomonidan bolani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa imtiyoz (nafaqa)lar berilishi maqsadga muvofiqdir.


Aliya Yunusovaning shaxsiy arxivi fotosurati.

Oiladan tashqaridagi bolalarning borligi sabablari to‘g‘risida

Urush paytida yuzlab begona bolalarni asrab olgan bizning jamiyatimiz nega endi o‘z farzandlaridan to‘satdan voz kechishni boshladi? Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalar uylarida yashayotgan bolalarning katta qismi ota-onalari, bobo-buvilari va boshqa qarindoshlari bor bolalardir.

Ehtimol, bu kattalar tomonidan ko‘rsatiladigan tekintomoqlik munosabatidir. Ikkinchi sabab — bu huquqiy savodsizlik. Jamiyatda ota-onalar farzandidan voz kechib, uni davlat qaramog‘iga topshirish huquqiga ega va davlat bu bola uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi shart degan fikr mavjud.

Ha, davlat bolaga g‘amxo‘rlik qiladi, uni zarur bo‘lgan hamma narsa bilan ta’minlaydi, ammo u hayotining ilk kunidan muhtoj bo‘lgani ona mehri va g‘amxo‘rligi bilan o‘rab ololmaydi. Bolani institutsional muassasaga joylashtirish keyinchalik boshqa choralarni qo‘llash — asrab olish, vasiylikka olish, taribiyalanishi uchun boshqa oila (patronat)ga berish choralarini amalga oshirish bilan eng qisqa vaqtga mo‘ljallanishi kerak va oxirgi chora sifatida қўлланилishи zarur.

Vaziyatni qanday o‘zgartirish mumkin?

Vaziyatni davlat darajasida qayta ko‘rib chiqish, bolalar muassasalarini davlat byudjeti bilan ta’minlash masalalarini ham isloh qilish zarur.

Jahon amaliyoti ko‘rsatib turibdiki, davlatga bolani muassasada boqishi emas, balki u o‘sayotgan oilaga yordam berish ancha foydalidir. Bu oilalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini va bolali oilalar uchun xizmat turlarini kengaytirish choralari bo‘lishi kerak.

Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kerak. BMT qo‘mitasi tavsiyalariga ko‘ra, inson huquqlari bo‘yicha majburiy o‘quv modullarini va bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani maktab o‘quv dasturlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlariga kiritishni ko‘rib chiqish, ommaviy axborot vositalarini faol jalb qilish va aholini axborotlashtirish ishlarida qatnashish, ijtimoiy sheriklik, ishonch va konstruktiv muloqot asosida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro munosabatlarni hamda hamkorlikni kuchaytirish zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning bajarilishi to‘g‘risidagi beshinchi Milliy ma’ruzani BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga taqdim etdi. Qo‘mita Konvensiyaning bajarilishi to‘g‘risidagi milliy ma’ruzalarni ko‘rib chiqib, natijalari bo‘yicha yakuniy tavsiyalarni beradi va davlatlar BMT qo‘mitasida yakuniy tavsiyalarning bajarilishi to‘g‘risidagi davlat hisobotlarini beradi.

O‘zbekiston xalqaro shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarib, bolaning huquqlari, erkinliklari va eng maqbul manfaatlarini ta’minlash sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Aliya Yunusova 20 yildan ortiq vaqt davomida bolalar huquqlari bilan shug‘ullanadi. 1999 yildan buyon u Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazning ta’lim bo‘limi mudiri bo‘lib, u yerda bolalar huquqlari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, bolalar huquqlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan. 2004 yildan beri u uch marta Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

Nelli Karimova — jurnalist, ko‘ngilli. Joan Roulingning Lumos xayriya jamg‘armasida amaliyot o‘tagan. Jamg‘arma 2005 yilda tashkil etilgan va butun dunyo bo‘ylab deinstitutsionalizatsiya g‘oyasini ilgari suradi. Shuningdek, u Chexiyadagi yetim bolalar profilaktikasi sohasida ishlaydigan Amaltea fondida o‘qib chiqqan.