«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda juda mazali va to‘yimli nonushtalar retseptlarini taqdim etadi.

Suluguni solib pishirilgan sirniklar


Pishloq qo‘shiladigan, shirin bo‘lmagan mana bunday sirniklarni kechqurun tayyorlab qo‘yib, muzxonada saqlansa, nonushtaga pishirib iste’mol qilish mumkin.

Tovada pishirilgan pishloqli xachapuri


Agar kechki payt ozroq harakat qilib, xamir qorib, pishloqli xachapurilarni tugib, muzlatkichga yuborsa, nonushtaga issiqqina to‘yimli nonchalar iste’mol qilish mumkin.

Yeryong‘oq va bananli batonchalar


Faqatgina 3 xil mahsulotdan tayyorlanadigan ushbu batonchalarni germetik yelim qog‘ozga solib, 4−5 kun sovutkichda, 2 oygacha muzlatkichda saqlash mumkin.

Piyozli qatlamalar


Piyozli qatlama bu ham non, ham pishiriq o‘rniga iste’mol qilsa bo‘ladigan juda mazali va to‘yimli yegulik hisoblanadi. Uni kechqurun tayyorlab, ertalab issiq choy bilan iste’mol qilishga nima yetsin.

Sosiskali bulochkalar


Tayyor xamirdan tayyorlangan sosiskali bulochkalar vaqtingizni chinakamiga tejashi aniq. Ularni kechqurun o‘rab, muzlatkichga qo‘yib, tongda esa pishirib, dasturxonga qo‘ysa bo‘lgani.

Foydali nonushta — bankadagi mazali suli yormasi


Juda mazali, ham foydali xususiyatlarga ega nonushta. Bundan tashqari, bunday nonushtani tayyorlashda 5 daqiqa vaqt kerak bo‘lsa, ular sovutkichda 3−5 kungacha saqlaniladi.

Turshakli sirniklar


Turshak qo‘shib pishiriladigan sirniklardan xushbo‘y vanil hidi taralib turadi, quritilgan o‘rik esa ularning ta’mini yanada boyitadi va mazali qiladi.

Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15