Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov 66 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zA хабар berdi.

25 iyul kuni unda koronavirus aniqlanib, u Toshkentda davolanayotgan edi. 29 iyul kuni u Tibbiyot Bosh boshqarmasining talabiga ko‘ra davolash muolajalarini davom ettirish uchun Toshkent shahridagi klinikaga ko‘chirib o‘tkazilgan edi.

Karim Kamolov 2020 yilning 29 fevralida Buxoro viloyati hokimi etib tayinlangan edi. U (1954 yili tug‘ilgan) Buxoro davlat muhandislik-texnologiya instituti bitiruvchisi hisoblanadi. 1997−2011 yillar davomida Buxoro shahrini boshqargan Karim Kamolov olti yillik tanaffusdan so‘ng shahar hokimligiga qaytarilgandi.

31 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari Musa Tajetdinovich Yerniyazov olamdan o‘tganligi haqida ma’lumot berilgan edi.