«O‘zbekneftgaz» hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari 297,8 mln so‘mlik quvur va qora metallarni talon-toroj qildi. Bu haqda «Gazeta.uz» ga Bosh prokuratura xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Romitan tuman bo‘limi tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, boshqarmaga qarashli suv ta’minoti va kanalizatsiya sexi hamda hududiy uchastkalarning tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha javobgar shaxslari N.B. va B.U. ixtiyoriga ishonib topshirilgan jami 297,8 mln so‘mlik quvur va ikkilamchi qora metallarni talon-toroj qilganlari aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan javobgar shaxs N.B. va B.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yoki talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.