Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov davolanishni tamomlab, ishga qaytdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

«Shifokorlar sa’y-harakati bilan salomatligi tiklangan vazir odatdagidek o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda», — deyiladi xabarda.

Avval xabar qilganimizdek sog‘liqni saqlash vaziri 29 iyul kuni rejali davolanish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yotqizilgan edi. O‘sha vaqtda Alisher Shodmonovning koronavirusga chalinmagani, ishga 3−4 haftada qaytishi ma’lum qilingan edi.

Alisher Shodmonov davolanish vaqtida uning vazifasini O‘zbekiston bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev bajarib turdi.