2020 yil davomida iyul oyida nisbatan eng ko‘p, ya’ni 17396 ta o‘lim holati qayd etilgan. Davlat statistika qo‘mitasi O‘zAga bu haqdagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Yil boshidan iyul oyigacha, ya’ni, 6 oy davomida 92026 ta o‘lim hisobga olingan. Oylar kesimiga ko‘ra:

  • yanvarda — 11036 nafar;
  • fevralda — 13693;
  • martda — 12633;
  • aprelda — 11613;
  • mayda — 11792;
  • iyunda — 13790;
  • iyulda — 17396 ta o‘lim qayd qilingan.

6 oy davomida qayd etilgan o‘limlar soni 2019, 2018 yillardagi 6 oylik ko‘rsatkichga nisbatan ham yuqori bo‘lgan.

Xususan, O‘zbekistonda 2018 yil 6 oy davomida 75,6 ming, 2019 yilda shuncha vaqt mobaynida 75,8 mingta o‘lim holati hisobga olingan.