1 avgust holatiga ko‘ra, xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 2 040 870 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 992 610 nafari qonuniy, 1 048 260 nafari esa norasmiy mehnat faoliyatini olib bormoqda. Bu haqda payshanba kuni Xalqaro press-klubning «Mehnat migratsiyasi: xavfsiz, tartibli va qonuniy» mavzusida bo‘lib o‘tgan sessiyasida ma’lum qilindi.

Jumladan, Rossiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni jami 1 562 238 nafarni tashkil etsa, ularning 656 2601 nafari rasmiy, 1 905 072 norasmiy faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bu ko‘rsatkich:

  • Qozog‘istonda — jami 240566, rasmiy — 192 300, norasmiy — 48266 nafar;
  • Janubiy Koreyada — jami 71325, rasmiy — 39 874, norasmiy — 31451 nafar;
  • Turkiyada jami: 43178, rasmiy — 9944, norasmiy — 33234 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida O‘zbekistonda iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lganlar soni (chet elda ishlayotgan mehnat muhojirlaridan tashqari) 2019 yil oxiriga nisbatan 2,1% ga yoki 105,3 ming kishiga kamayib, 5,1 million kishini tashkil etgani xabar qilingan edi.