19 avgust kuni O‘zbekistonda 594 ta koronavirus holati aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Yangi holatlarning 57 tasi Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Mamlakatning 11 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarning 721 nafari sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 37 112 nafar bemordan 32 944 nafari sog‘ayib chiqdi. Shunday qilib so‘nggi 10 kun ichida yurtimizda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 72 foizdan 88 foizga yetdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 920 nafar bemordan 330 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.