Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi shaharda kundalik muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan yangi «Yandeks Go» ilovasini taqdim etdi.

«Gazeta.uz» ning «Yandeks.Taksi» matbuot xizmatidan aniqlashicha, hozirda Yandex Go dasturida taksi va yetkazib berish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Boshqa mamlakatlarda esa xizmatlar qatoriga restoran va do‘konlardan taomlarni tezkor yetkazib berish, jamoat transportlarining «jonli» jadvali va karshering xizmatlarini qo‘shish mumkin.

«Yandeks Go» ilovalar orasida «Yandeks.Taksi» dasturi o‘rnida joylashtiriladi. Yangi ilova oldingisiga kiritilgan xizmatlarning barcha asosiy texnologiyalarini o‘z ichiga oladi. «Buning yordamida xizmat buyurtmalarini bajaruvchi haydovchilar va kurerlar kamroq „bo‘sh yurishadi“ va yangi buyurtmalarni kamroq kutishadi», — deya ta’kidlaydi kompaniya.

Nom bilan bir qatorda, dastur interfeysi ham o‘zgaradi, ammo «Yandeks.Taksi» uslubi bilan doimiy saqlanib qolinadi.

«Yandeks.Taksi» ilovasi foydalanuvchilari «Yandeks Go» ga o‘tishlari uchun uni eng so‘nggi versiyasiga yangilashlari kerak. Yangi foydalanuvchilar ilovani Google Play va AppStore orqali yuklab olishlari mumkin.

«Yandeks.Taksi» 2018 yil aprel oyida Toshkentda ishga tushirilgan va u hozirda Farg‘ona, Marg‘ilon va Namanganda ham mavjud. Shu yil boshida, taksilar safari bilan bir qatorda, yetkazib berish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan edi.