Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi orbitaga navbatdagi 58 ta kichik sun’iy yo‘ldoshlardan iborat Falcon 9 raketasini uchirdi. Raketa 18 avgust kuni Florida shtati, NASA kosmodromidagi LC-40 platformasidan uchirildi.

Bundan oldin Falcon 9 koinotga besh marotaba borib qaytgan edi. Shuningdek bu parvoz SpaceX ning 100 chi yubiley missiyasi va Falcon 9 raketasining 92 chi parvozi bo‘ldi. Ayni vaqtda orbitada 595 ta kosmik apparat mavjud.

Video: SpaceX

Hozirda tizim yopiq tarzda AQSH va Kanadada sinovdan o‘tmoqda. Ma’lumotlar sirli saqlanishiga qaramasdan, Reddit ijtimoiy platformasida internet tezligi sinovlarining natijalari ma’lum qilindi va 11 ta test skrinshotlari yuklandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yuklab olish tezligi soniyasiga 11.38 megabitdan 60.24 megabitgacha bo‘lgan, yuklash (yuborish) tezligi — soniyasiga 4,58 megabitdan 17,64 megabitgacha. Kutish vaqti (ping) 20 millisekunddan 94 millisekundgacha bo‘lgan.

Falcon 9 ning birinchi qismi «Of Course I Still Love You» suv usti platformasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

Starlink tizimi internet tezligining sinov natijalari. Foto: Reddit

Kelajakda SpaceX bir xil turdagi 12 ming kosmik apparatdan iborat orbital guruh hosil qilishni rejalashtirgan, keyinchalik esa — 30 ming. Bu dunyo aholisini qayerda bo‘lishdan qat’iy nazar internet bilan ta’minlaydi. Kompaniyaning xabar berishicha, 2020 yilning o‘zida butun Shimoliy Amerika internet bilan qoplansa, 2021 yilga kelib butun yer yuzi internet bilan ta’minlanadi. Loyiha realizatsiyasi uchun jalb qilingan investitsiya miqdori 10 milliard dollarni tashkil etadi.