19 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 36 760 (+242) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 196 nafari Toshkent shahrida (shundan 139 nafari tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 57 nafari O‘rtasaroy karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida), 32 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, yana 3 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 79 yoshli M.K. (ayol) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 80 yoshli A.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda 32 223 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (88 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 4 292 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 411 nafari og‘ir, 125 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.