19 avgust kuni Toshkent viloyati Bekobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari 5000 AQSH dollari miqdorida pora olayotganida ushlangan. Bu haqda xabarni «Gazeta.uz» ning huquqni muhofaza qilish organidagi manbasi tasdiqladi.

Qo‘lga olish operatsiyasi Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Xabarga ko‘ra, IIB boshlig‘i o‘rinbosari qidiruvdagi shaxsga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirishni aytib, 5000 dollar olmoqchi bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov tadbirlari olib borilmoqda.