Buxoro viloyati hokimligi hokim vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovning vafot etgani haqida xabarlarni rad etdi. Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, hokim Toshkentda davolanmoqda.

Karim Kamolov o‘limi haqida Xabar.uz nashri (maqola o‘chirilgan) va bir necha Telegram kanallari xabar berdi. Hokimlik matbuot xizmati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va blogerlardan yolg‘on xabarlar tarqatmaslikni so‘ragan.

Hokimiyat vakillari «Gazeta.uz»ga O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Buxoro viloyatiga tashrif buyurganligini tasdiqlashdi, lekin uning tashrifi sababiga to‘xtalib o‘tishmadi.

Iyul oyining oxirida Karim Kamolov Toshkentda koronavirusdan davolanayotganligi haqida ma’lumot berildi. «Gazeta.uz»ning aniqlashtirishicha, hokim Akfa Medline xususiy klinikasida davolanmoqda. U yerda bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev ham davolanmoqda.