17 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 513 (+184) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 155 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Samarqand viloyatida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli D.T. (ayol) hamda Toshkent tumanida yashagan 59 yoshli G. Ch. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 30 973 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (87 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 4 306 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 813 nafari og‘ir, 234 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.