Tojikiston hududida, Toshkentdan 306 km janubiy-sharqiy yo‘nalishda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, yer osti silkinishlari 13 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 23:07 da ro‘y berdi. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 10 km.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Toshkent: 306 km, 2 ball.
  • Namangan: 314 km, 2 ball.
  • Andijon: 328 km, 2 ball.
  • Farg‘ona: 264 km, 2 ball.
  • Guliston: 234 km, 3 ball.
  • Jizzax: 244 km, 2 ball.
  • Samarqand: 276 km, 2 ball.
  • Termiz: 268 km, 2 ball.
  • Qarshi: 352 km, 2 ball.
  • Navoiy: 419 km, 2 ball.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.

Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deyiladi xabarda.