13 avgust kuni O‘zbekistonda 669 ta koronavirus holati aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyati 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida jami 1 554 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 33 323 nafar bemordan 27 213 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 5 894 nafar bemordan 1 340 nafari og‘ir, 400 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.