AOKAda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Shuhrat Boymurodov koronavirus va grippning farqi haqidagi savolga javob berdi.

Koronavirus va grippning farqi:

  • Gripp COVID-19 ga qaraganda juda qisqa yashirin davr va juda qisqa oraliqga ega;
  • COVID-19 da seriyali oraliq 5−6 kun, grippda oraliq 3 kun. Gripp COVID-19 ga qaraganda tezroq tarqalish xususiyatiga ega;
  • Bolalar grippning tarqalishida asosiy omil hisoblanadi, COVID-19 esa bolalarda juda kam uchraydi;
  • Koronavirus turida quruq yo‘tal (yoki ko‘p bo‘lmagan balg‘am) kuzatiladi. Grippda nam yo‘tal va tumov, burun bitishi kuzatiladi;
  • COVID-19 da 15 foiz holda og‘ir infeksiyalar bo‘lib, kislorod talab qilinishi va 5 foiz kritik holat bo‘lib, o‘pka ventelatsiyasi talab qilinadi. COVID-19 da kritik holat va og‘ir infeksiyalar grippga qaraganda yuqori;
  • COVID-19 da umumiy o‘lim koeffitsiyenti 3−4 foizni tashkil qiladi. Mavsumiy grippda o‘lim 0,1 foizdan past.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti Dilfuza Hasanova gripp bilan og‘riyotgan bemor koronavirusni ham yuqtirib olsa, bu holat pnevmoniyaga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Qo‘shimcha foydali ma’lumotlar:

Immunolog immunitetning koronavirusga qarshi kurashishi to‘g‘risida

«Bemor gripp bilan koronavirusni ham yuqtirib olsa, kasallik og‘ir kechadi» — dotsent