15 avgustdan Chorvoq suv omborida aholiga cho‘milish va ko‘ngilochar vositalar borasida barcha cheklovlar yechilib, ulardan foydalanishga ruxsat berildi, deya xabar бердиЎзА bosh vazir o‘rinbosari — Respublika maxsus komissiyasi a’zosi — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, bu yil Chorvoq suv ombori birinchi marta tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi. Iyun oyi boshida karantin cheklovlari vaqtincha yumshatilganiga qaramay (10 iyulgacha davom etgandi), Chorvoq suv omborida aholiga cho‘milish uchun ta’qiqlangandi.

8 avgust kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining qarori joylashtirilgandi. Unda Chorvoq suv omborida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan motorli qayiqlar, katerlar, yaxtalar, gidrotsikl va boshqa suzuvchi vositalardan foydalanish hamda plyajlar tashkil etish va suv omborining qirg‘og‘i perimetri bo‘ylab aholining cho‘milishi qat’iyan taqiq etish taklifi surilgandi.